Jabrlanuvchi yoki uning merosxo'ri (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakolatli vakillar) yoxud uning huquqiy vorisi sug'urta to'lovi to'g'risidagi talab ko'rsatilgan arizani quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sug'urtalovchiga yoki uning filialiga yuboradi:
sug'urta polisi (agar bo'lsa);
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi ma'lumotnomasi yoxud hayotga yoki sog'liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o'lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko'chirmalar, to'lov hujjatlari, xizmatlar ko'rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);
jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo'rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug'urta tovoni jabrlanuvchining merosxo'rlariga yoxud huquqiy vorislariga to'lanishi kerak bo'lsa).
lex.uz’dagi asl matnПравила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)
I2-37-band. IV. Sug'urta hodisasi sodir bo'lganda shaxslarning harakatlari — I2-37-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.