Sug'urtalovchini almashtirishga sug'urtalovchining qaysi sug'urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha boshqa sug'urtalovchiga o'tkazilgan bo'lsa, sug'urta qildiruvchilarning roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sug'urtalovchiga o'tkaziladigan majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta to'lovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ular merosxo'rlarining yoki huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur.
Majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni qabul qiluvchi sug'urtalovchining sug'urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislari) sug'urtalovchini almashtirishga rozi ekanligi to'g'risidagi so'rovi yozma shaklda amalga oshiriladi. So'rovda sug'urta qildiruvchilarning va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislarining) almashtirishni rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnПравила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)
I2-23-band. II. Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish va muddatidan oldin to'xtatish tartibi — I2-23-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.