Majburiy sug'urta shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin to'xtatilgan taqdirda sug'urta mukofotining bir qismi to'langan tovon summasiga va majburiy sug'urta to'g'risidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi. Bunda majburiy sug'urta shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalarning 19-bandi «a», «b» va «v» kichik bandlarida ko'rsatilgan boshqa asoslarga ko'ra muddatidan oldin to'xtatilgan taqdirda sug'urtalovchi sug'urta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning ushbu majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha isbot qilinadigan xarajatlari summasini sug'urta mukofotining 20 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda chegirishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxo'rlariga, huquqiy vorislariga) sug'urta summasining bir qismini ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda qaytarish sug'urta qildiruvchining (uning qonuniy vakillari, merosxo'rlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kunidan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda sug'urta qildiruvchiga qaytarilishi lozim bo'lgan sug'urta mukofotining bir qismi sug'urta qildiruvchining arizasiga muvofiq yangi tuzilgan majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta mukofoti hisobiga o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnПравила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)
I2-20-band. II. Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish va muddatidan oldin to'xtatish tartibi — I2-20-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.