Правила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)

7-band. III. Jamg'armaning huquq va majburiyatlari — 7-band

Jamg'arma quyidagi huquqlarga ega: sug'urtalovchilardan tuzilgan majburiy sug'urta shartnomalari soni, to'plangan sug'urta mukofotlari miqdori, majburiyatlar va to'langan sug'urta qoplovlari to'g'risidagi axborotni belgilangan tartibda olish; majburiy sug'urta qilish bilan bog'liq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma bilan bog'liq adjasterlik va baholash xizmatini buyurtma asosida to'lov evaziga ko'rsatish; Jamg'arma mablag'larini ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda joylashtirish. Jamg'arma o'ziga yuklangan vazifalarga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.