Majburiy sug'urta shartnomasi bir yil muddatga tuziladi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida, shuningdek ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari ushbu transport vositalaridan O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalaniladigan butun muddatga, lekin kamida o'n besh kunga majburiy sug'urta shartnomasini tuzadi, ushbu Qonun 6-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va hokazo) uning egasi transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish joyiga borish muddatiga majburiy sug'urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
9-modda. Majburiy sug'urta shartnomasining amal qilish muddati
(9-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 15 апрелдаги ЎРҚ-283-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 15-сон, 149-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.