Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o'z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug'urtalashlari shart.
Fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch g'ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha bo'lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo'jalik faoliyatini ta'minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno;
chet davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug'urta tizimlari doirasida sug'urtalangan bo'lsa.
Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay o'z fuqarolik javobgarligini sug'urtalashi shart.
Ushbu Qonunga muvofiq fuqarolik javobgarligi boshqa shaxs tomonidan sug'urtalangan transport vositalari egalariga nisbatan fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
Egalarining fuqarolik javobgarligi ushbu Qonunga muvofiq sug'urtalanmagan transport vositalaridan O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug'urta tizimlarining sug'urta polislari mavjud bo'lmagan taqdirda, chet davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari o'z fuqarolik javobgarligini sug'urtalashi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
6-modda. Transport vositalari egalarining o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish majburiyati
(6-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.