«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

36-modda. Axborotni ayirboshlash

(36-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 15 апрелдаги ЎРҚ-283-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 15-сон, 149-модда)

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sug'urta tovonining miqdorini aniqlash maqsadida sug'urta hodisalari sodir bo'lishining sabablari va holatlari to'g'risidagi hamda yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan hujjatlar va xulosalarni sug'urtalovchilarning hamda To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining so'roviga ko'ra taqdim etishi shart. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi va maxsus vakolatli davlat organi To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi o'z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan axborotni muntazam ayirboshlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.