«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

13-modda. Sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlar

(13-модда биринчи қисмининг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar ega: 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar; 1941—1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari; kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo'lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo'lish bilan bog'liq kasallik tufayli halok bo'lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi; xizmatni Afg'oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo'lgan qo'shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o'tagan harbiy xizmatchilar hamda o'quv va sinov yig'inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar; pensionerlar; nogironligi bo'lgan shaxslar. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan sug'urta qildiruvchilarga sug'urta mukofoti to'lashda sug'urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi. Sug'urta mukofoti summasining qolgan 50 foizi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan (bundan buyon matnda To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi deb yuritiladi) sug'urtalovchining sug'urta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan e'tiboran o'n besh kalendar kun ichida qoplanadi. Sug'urta mukofoti bo'yicha siylov ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan sug'urta qildiruvchining o'ziga tegishli bitta transport vositasi bo'yicha majburiy sug'urta qilinganda beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan sug'urta mukofoti bo'yicha siylov to'g'risida sug'urta polisiga tegishli belgi qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.