Voyaga yetmagan ota-ona o'z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega.
O'zaro nikohda bo'lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug'ilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda o'n olti yoshga to'lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. Voyaga yetmagan ota-ona o'n olti yoshga yetgunga qadar, bolani voyaga yetmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o'rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Voyaga yetmagan ota-ona o'z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e'tirof etish yoki bunga e'tiroz bildirish huquqiga egadir.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
72-modda. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.