Oila kodeksi

66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishish huquqi

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta'sir qilmaydi. Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko'rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko'rishish huquqiga ega. Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo'lish va boshqa hollarda) o'z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko'rishish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.