Oila kodeksi

58-modda. Yot aralashmagan va yot aralashgan qarindoshlik

Aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo'lishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo'lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa bo'lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug'ishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar o'gay hisoblanadi. Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan bo'lgan bolalari o'zaro qarindosh hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.