Oila kodeksi

43-modda. Er-xotindan birining arizasi bo'yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Agar er-xotindan biri: sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb topilgan bo'lsa; sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo'lsa, o'rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat'i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko'ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi. Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo'lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta'minot berish uchun mablag' to'lash haqida nizo mavjud bo'lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.