Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlar sud tomonidan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da'vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
Sud ishning ko'rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.
Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko'rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig'inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo'lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig'inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish bo'yicha tegishli choralar ko'rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Sud oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko'ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
lex.uz’dagi asl matn40-modda. Nikohdan sud tartibida ajratish
(40-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 апрелдаги ЎРҚ-1053-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.04.2025 й., 03/25/1053/0317-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.