Oila kodeksi

35-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni o'zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari

Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o'zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to'g'risida o'z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qat'i nazar, o'z majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'ladi. Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o'zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o'zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.