Oila kodeksi

32-modda. Nikoh shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish

Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, uning o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.