Oila kodeksi

28-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lishda ulushlarni aniqlash

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin o'rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo'lsa, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi. Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining e'tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotin uzrsiz sabablarga ko'ra daromad olmagan bo'lsa yoxud er va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan bo'lsa, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lishda er va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi o'rtasida taqsimlanadi. Agar er va xotindan biri umumiy mol-mulkni er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos bo'lmagan holda o'z xohishiga ko'ra sarflagan yoki boshqa shaxsga o'tkazgan bo'lsa, uni bo'lishda bu mol-mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.