Sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi va boshqa organlar chet el oila huquqining normalarini qo'llashda mazkur normalarning mazmunini ularning tegishli chet el davlatida rasmiy sharhlanishi va amaliyotda qo'llanilishiga muvofiq tarzda aniqlaydi.
Sud, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va boshqa organlar chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirish olish uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O'zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlarlariga murojaat qilishlari yoxud ekspertlarni jalb etishlari mumkin.
Manfaatdor shaxslar talab yoki e'tirozlarini tasdiqlash uchun o'zlari asoslanayotgan chet el oila huquqi normalarining mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga va chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida sudga va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va o'zga organlarga boshqa tarzda yordam berishga haqlidir.
Agar ushbu moddaga muvofiq amalga oshirilgan choralarga qaramay, chet el oila huquqi normalarining mazmuni aniqlanmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn238-modda. Chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash
(238-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Chet el davlatlarining oila qonunlarini O'zbekistonda qo'llashda ularning haqiqiy ma'nosini aniqlash kerak. Sud va davlat organlari bu qonunlarning chet el davlatida qanday tushuntirilishi va amalda qanday ishlatilib kelinayotganiga qarab ularning mazmunini biladi.
**Kimga tegishli**
Sudlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va boshqa davlat organlari chet el oila huquqi normalarini qo'llashda bu normalarning mazmunini aniqlashga majbur.
**Amalda**
Shaxs O'zbekistonda chet el davlatida turmush qurgan oilasining huquqlari bo'yicha sud ishi ochmoqchi bo'lsa, sud chet el davlatining oila qonunini qanday tushuntirilayotganini bilish uchun Adliya vazirligi yoki ekspertlardan so'rash mumkin. Agar mazmun aniqlanmasa, O'zbekiston qonuni qo'llaniladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.