Familiya, ism va ota ismi o'zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o'zgartishlar kiritadi.
Er (xotin)ning familiyasi o'zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o'zgartirishga sabab bo'lmaydi.
Ota-ona har ikkalasining familiyasi o'zgartirilganda ularning o'n olti yoshga to'lmagan bolalari familiyasi ham o'zgartiriladi.
Agar ota-onadan biri o'z familiyasini o'zgartirsa, ularning o'n olti yoshga to'lmagan bolalari familiyasini o'zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo'lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi.
Ota ismining o'zgartirilishi uning o'n olti yoshga to'lmagan bolalarining ota ismi albatta o'zgartirilishiga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
227-modda. Familiya, ism va ota ismini o'zgartirish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.