Oila kodeksi

221-modda. Nikohdan ajralganlik to'g'risida guvohnoma. Hujjatlarga qo'yiladigan belgilar

Nikohdan ajralish qayd etilganidan keyin sobiq er-xotinning har biriga nikohdan ajralganlik to'g'risida guvohnoma beriladi. Er-xotindan birining familiyasi o'zgartirilganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga uni almashtirish lozimligi to'g'risida belgi qo'yiladi. Nikohdan ajralishni qayd etgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi nikoh qayd etilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh tugatilganligi haqida belgi qo'yish to'g'risida xabarnoma yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.