Oila kodeksi

218-modda. Er-xotinning o'zaro roziligi bo'lganda nikohdan ajralishni qayd etish

(218-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)

Er-xotinning o'zaro roziligi bo'lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o'rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo'qligini tasdiqlashlari shart. Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan joydan qat'i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o'tgach qayd etiladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bo'yicha tegishli choralar ko'rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig'inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo'lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig'inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.