Oila kodeksi

171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi

(171-модда Ўзбекистон Республикасининг 2013 йил 30 апрелдаги ЎРҚ-352-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2013 й., 18-сон, 233-модда)

Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo'l qo'yiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish to'g'risidagi ishlarni hal qilishda o'n yoshga to'lgan bolaning fikri hisobga olinadi. Sudning farzandlikka olishni bekor qilish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko'chirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilganligi ro'yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.