Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o'z bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo'qotadilar hamda o'zaro majburiyatlardan ozod bo'ladilar.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini ko'zlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak bo'lsa, onasining iltimosiga ko'ra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol bo'lsa, otasining iltimosiga ko'ra saqlanib qolishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo'lsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga ko'ra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning eng ustun manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
165-modda. Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari
(165-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.