Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonunchilikda belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo'lgan yoki o'z vatanida turli sabablarga ko'ra farzandlikka olinishi mumkin bo'lmagan hollarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O'zbekiston Respublikasiga kirishi va O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O'zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
161¹-modda. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish
(161¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.