Oila kodeksi

150-modda. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo'lmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim. Ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal bo'lgunga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.