Oila kodeksi

146-modda. Aliment miqdorini o'zgartirish yoki aliment to'lashdan ozod qilish

Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o'zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko'ra alimentning belgilangan miqdorini o'zgartirishga yoki aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsni aliment to'lashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini o'zgartirishda yoki uni to'lashdan ozod qilishda sud taraflarning e'tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.