Oila kodeksi

144-modda. Alimentni indeksatsiya qilish

(144-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to'lanadigan qat'iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.