Oila kodeksi

138-modda. Aliment to'lovchining ish, o'qish joyi va turar joyi o'zgarganligi haqida xabar qilish majburiyati

(138-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 16 октябрдаги ЎРҚ-448-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2017 й.)

Sudning hal qiluv qarori yoki aliment to'lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo'yicha aliment ushlab qolishi lozim bo'lgan ish beruvchi (tashkilot ma'muriyati) aliment to'lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, o'qish joyi yoki turar joyi unga ma'lum bo'lsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga uch kun muddat ichida xabar berishi shart. Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatda o'z ish, o'qish joyi yoki turar joyi o'zgarganligi haqida, shuningdek qo'shimcha ish haqi yoki boshqa daromadi to'g'risida davlat ijrochisini hamda aliment oluvchi shaxsni xabardor qilishi shart. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan ma'lumotlarni belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra xabar qilmagan taqdirda, aybdor mansabdor shaxs va aliment to'lovchi shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.