Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv taraflarning o'zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, uni o'zgartirish yoki bekor qilish ham o'sha shaklda amalga oshiriladi.
Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvning bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning shartlarini bir taraflama o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.
Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy o'zgarishlar yuz berganda hamda aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvni o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risida ular o'zaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi da'vo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Sud aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvni o'zgartirish yoki bekor qilish masalasini hal qilishda taraflarning e'tiborga loyiq har qanday manfaatini hisobga olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
132-modda. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvni o'zgartirish yoki bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.