Oila kodeksi

110-modda. Ota-onaga beriladigan ta'minot miqdori va tartibi

(110-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o'z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo'yin tovlasalar, ta'minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi. Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o'z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo'yganligidan qat'i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo'lgunga qadar sudya shu nizo bo'yicha vaqtincha to'lab turilishi lozim bo'lgan summani ko'rsatib, ajrim chiqarishi mumkin. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.