Davriy nashrning har bir sonida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:
1) nashrning nomi;
2) tahririyatning manzili;
3) muassis (muassislar)ning nomi;
4) muharrirning (bosh muharrirning) familiyasi, ismi-sharifi;
5) davriy nashrning ro'yxatga olingan tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, gazetalarning esa, shuningdek, chop etishga ruxsat berilib, imzo qo'yilgan vaqti;
6) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks raqami;
7) tiraji;
8) bosmaxonaning nomi va manzili.
Televideniye, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chog'ida esa, bir kecha-kunduzda kamida to'rt marta televideniye, radioeshittirish tahririyati nomini e'lon qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
21-modda. Nashrga oid ma'lumotlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.