Ommaviy axborot vositasi o'z faoliyatini muassis tasdiqlaydigan ustav (nizom) asosida yuritadi.
Ommaviy axborot vositasining ustavi (nizomi) tahririyat xodimlari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirokidagi umumiy yig'ilishida ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va muassis tomonidan tasdiqlanadi.
Ustavda (nizomda) muassis, muharrir (bosh muharrir) va tahririyat xodimlarining vakolatlari belgilanadi va ommaviy axborot vositasining muassisi, nomi, qaysi tilda (tillarda) e'lon qilinishi, manzili, faoliyat turi va maqsadlari, tahririyat mol-mulki manbai hamda foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, nashrni qayta tashkil etish va tugatish shartlari ko'rsatiladi.
Ustav (nizom) O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid kelmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
18-modda. Ommaviy axborot vositasining ustavi (nizomi)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.