«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

15-modda. Ommaviy axborot vositasini ro'yxatga olishni rad etish

Ommaviy axborot vositasini ro'yxatga olish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: 1) ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda ushbu Qonunga zid bo'lsa; 2) bundan avval xuddu shu nomdagi ommaviy axborot vositasi ro'yxatga olingan bo'lsa; 3) ariza sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganiga bir yil to'lmay berilgan bo'lsa; 4) ommaviy axborot vositasi muassisning yoki muassislaridan birining yoxud noshirning manzili O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo'lsa. Ommaviy axborot vositasini ro'yxatga olish rad etilgan taqdirda bunga asos bo'lgan sabab ko'rsatilgan holda arizachiga yozma ma'lumot yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.