«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

11-modda. Ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish huquqi

(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонунига асосан учинчи ва тўртинчи қисм билан тўлдирилган, — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)

O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish huquqiga egadirlar. Ommaviy axborot vositasi bir necha muassis tomonidan ham ta'sis etilishi mumkin. Quyidagilar muassis bo'lishi mumkin emas: o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar; faoliyati qonun bilan taqiqlangan jamoat birlashmalari. Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o'ttiz foizdan ortiq bo'lgan yuridik shaxslarning ommaviy axborot vositalarini tashkil etishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.