«Notariat to'g'risida»gi qonun

82-modda. Chekni to'lovga taqdim etish va chekning to'lanmaganligini tasdiqlash

(82-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

To'lovchining turar joyidagi notarius to'lovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi. Chek to'lanmagan taqdirda notarius chekning to'lanmaganligini unga yozib qo'yish yo'li bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank to'lamaganligi va bu xususda chekka yozib qo'yilganligi haqida bildirish xati yuboriladi. Chek to'lanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga ko'ra ijro xatini yozadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.