Ijro xatida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
undirib oluvchining nomi va manzili;
qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami;
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak bo'lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo'lgan narsalar, shu jumladan to'lanishi kerak bo'lgan penya, foizlar;
undirib oluvchi to'lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo'lgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
79-modda. Ijro xatining mazmuni
(79-моддасининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 25 августдаги ЎРҚ-711-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.08.2021 й., 03/21/711/0825-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.