«Notariat to'g'risida»gi qonun

72²-modda. Elektron hujjatning qog'oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash

(72¹ ва 72²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq bo'lmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qog'ozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi. Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qog'ozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir. Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qog'ozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.