«Notariat to'g'risida»gi qonun

65-modda. Hujjatlar ko'chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko'chirmalarning to'g'riligini shahodatlash

(65-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)

Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko'chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko'chirmalarning to'g'riligini shahodatlaydi. Ko'chirma olinayotgan hujjatda o'zaro bog'liq bo'lmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud bo'lgan taqdirdagina ko'chirmaning to'g'riligi shahodatlanishi mumkin. Ko'chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to'la matnini aks ettirishi kerak. Notarius hujjatlar ko'chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko'chirmalarning to'g'riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi. Agar bir qismi boshqa hujjatning ko'chirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining ko'chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan ko'chirma to'g'riligi shahodatlanayotgan bo'lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.