«Notariat to'g'risida»gi qonun

60-modda. Qonun bo'yicha merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berishning shartlari

Notarius qonun bo'yicha merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berish chog'ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo'li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berishni so'rab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun bo'yicha vorislikka chaqirish uchun asos bo'ladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib ko'radi. Agar qonun bo'yicha merosxo'rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos bo'ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo'rlarning yozma roziligi bilan merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.