«Notariat to'g'risida»gi qonun

57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to'lash

(57-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Notarius merosxo'rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan bo'lsa, davlatga merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan: meros qoldiruvchi kasal bo'lgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish; meros qoldiruvchining qaramog'ida bo'lgan fuqarolarni ta'minlash; ish haqi bo'yicha da'volarni va ularga tenglashtirilgan da'volarni qanoatlantirish; meros mol-mulkni qo'riqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxo'rlarni chaqirish haqidagi xabarni e'lon qilish bilan bog'liq xarajatlarni to'lash to'g'risida farmoyish beradi. Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.