Meros mol-mulkning qo'riqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni ro'yxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxo'rlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk bo'lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo'rlar merosni qabul qilib olgunga qadar da'vo qo'zg'atgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi.
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxo'rlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik to'g'risida ogohlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
54-modda. Meros mol-mulkni ro'yxatga olish va uni saqlash uchun topshirish
(54-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 14 сентябрдаги ЎРҚ-255-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 37-сон, 313-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.