Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni so'rab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qo'yish, turar joyni va boshqa ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yig'majildlarida qoladi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.