«Notariat to'g'risida»gi qonun

26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar

(26-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi: kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo'yicha o'rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ostida suzib yurgan kemalarda safarda bo'lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga o'xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo'lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo'lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo'lmagan shaxslarning, ular oila a'zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a'zolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib o'tilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qo'yadigan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.