«Notariat to'g'risida»gi qonun

22⁶-modda. Notarial palataning organlari va mansabdor shaxslari

Notarial palataning konferentsiyasi palataning yuqori organi bo'lib, zaruratga ko'ra, biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organ bo'lib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi bo'lib, palata ustaviga muvofiq shakllantiriladi. Notarial palata raisi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferentsiyasi tomonidan, ushbu konferentsiya saylagan Notarial palata boshqaruvi a'zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Notarial palata raisi bo'lishi mumkin emas. Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Notarial palataning ustavida belgilangan hollarda, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferentsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.