Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari o'z vakolatlari doirasida:
notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
notariuslarga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi;
notarial amaliyotni umumlashtiradi;
malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;
xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi;
Notarial palata bilan birgalikda notarius stajyorining faoliyatini tashkil etadi;
xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Xususiy notarial amaliyot bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi;
xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qo'yish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi;
notariuslarning reyestrini yuritadi;
notarial idoralarni qat'iy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta'minlaydi;
o'z faoliyatini tugatgan notarius muhrini yo'q qilish va hujjatlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini ko'radi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
22¹⁰-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari
(22¹⁰-модданинг ўн олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.