Davlat notarial idoralari qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning faoliyati:
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi;
huquqiy va texnik xususiyatga ega qo'shimcha harakatlarni bajarganlik, shuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar ko'rsatganlik uchun undiriladigan to'lovlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Notariuslarning daromadlariga soliq solish soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning depozit hisobvaraqlaridagi mablag'lar notariusning daromadi hisoblanmaydi. Ushbu mablag'larga notarius majburiyatlari bo'yicha undiruvni qaratishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish
(22-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.