Notarius O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko'rsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega bo'ladi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami ko'rsatiladi.
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi.
Notariusning muhri O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna bo'yicha tayyorlanadi.
Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi to'xtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim.
Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo'yicha hisobot berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog'ozlari
(12-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.