«Notariat to'g'risida»gi qonun

1-modda. O'zbekiston Respublikasida notariat

(1-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog'liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo'li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashga da'vat etilgan huquqiy institutdir. O'zbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O'zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.