«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

29-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari

(29-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: kirish va a'zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan bo'lsa; muassislardan, qatnashchilardan (a'zolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar; chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan olinadigan pul mablag'lari va mol-mulk; ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar; tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda); qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.