«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

25-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish asoslari

(25-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazish, agar: nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlari O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo'rlik bilan o'zgartirish, O'zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ'ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog'lig'iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi maqsadlarga ega bo'lsa; tashabbuskorlari (ta'sischilari, muassislari) yoki rahbar organi a'zolari qonunchilik hujjatlariga ko'ra terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg'in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro'yxatiga kiritilgan, shuningdek sud tartibida ekstremistik deb topilgan tashkilotlarning a'zolari va rahbar organlari a'zolari bo'lgan shaxslar bo'lsa; tashabbuskorlari (ta'sischilari, muassislari) yoki rahbar organi a'zolari o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish yoxud firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bo'lsa (jamoat fondlari tashkil etilayotganda); hujjatlar ro'yxat bo'yicha to'liq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan bo'lsa; hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat o'tganidan keyin taqdim etilgan bo'lsa; ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa; nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo'lsa yoki uning ta'sis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar bo'lsa; ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan ta'sis hujjatlarida atayin noto'g'ri ma'lumotlar keltirilganligi aniqlangan bo'lsa; nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari ma'naviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuyg'ulariga daxl qilsa; nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish nazarda tutilgan bo'lsa, rad etilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazish ta'sis hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid qoidalar mavjud bo'lgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazishning rad etilishi rad etish sabablari bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun takroran taqdim etishga to'sqinlik qilmaydi. Nodavlat notijorat tashkilotini ro'yxatdan o'tkazuvchi adliya organiga takroriy qilingan murojaatni ko'rib chiqish va bu murojaat yuzasidan qaror chiqarish ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.