«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun

48-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va ta'minlovchi organlar

(48-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining O'zbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda ta'minlaydi. Vazirliklar va idoralar, ularning mansabdor shaxslari o'z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta'minlaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.